MO?G?ULISTON BILAN CHORVACHILIK SOHASIDAGI HAMKORLIK RIVOJLANTIRILADI

04.07.2019 10:40

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘ulistonda amaliy safar bilan bo‘ldi.

 

 

Safar davomida O‘zbekiston vakillari Mo‘g‘ulistonning veterinariya va chorvachilik sohasidagi tajribasini o‘rganishgani barobarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda mayda va yirik shoxli mollar yetishtirilishi, ularning mamlakatimiz iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi xususiyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, mamlakatlarimiz tadbirkorlari o‘rtasida chorva mahsulotlari savdosini amalga oshirish borasida qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etildi.

 Mo‘g‘uliston Prezidenti maslahatchisi Tengshjargal Tyumen, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirining o‘rinbosari Sauli Janimxan, Veterinariya agentligi rahbari Tyumendemberel Dorniyam, Mo‘g‘uliston Milliy rivojlanish agentligi huzuridagi Investitsiyalar markazi direktori Dashdemberel Natsagdori va boshqalar bilan uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

 Mamlakatimiz vakillari Mo‘g‘uliston Milliy savdo-sanoat palatasi hamda mamlakatning yetakchi ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Shu bilan birga, ular chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar, go‘sht kombinatlari va boshqa tarmoq xo‘jaliklari tajribasi bilan ham yaqindan tanishdi.

 Mo‘g‘uliston Prezidentining xalqaro siyosat bo‘yicha maslahatchisi Tengshjargal Tyumen bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mamlakatning g‘arbiy o‘lkasi hisoblangan Xovd shahridan logistika markazi sifatida foydalanish taklif etildi. Mo‘g‘uliston tomonidan fikr bildirilishicha, bu shahar O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlarini eksport qilish uchun transport yo‘lagini yaratish, chorva mahsulotlarini havo yo‘li orqali eltish va aksincha, shu yo‘nalish vositasida O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini mo‘g‘ullar yurtiga yetkazib berish hamda chorvachilik mahsulotlari bilan savdo qilish uchun juda qulay hudud hisoblanadi.

 Amaliy safar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida yirik va mayda shoxli mollar hamda ot go‘shtini eksport va import qilish bo‘yicha xalqaro veterinariya sertifikati, hayvonlarni eksport va import qilish, veterinariya xizmatlari hamkorligini kengaytirish, epizootik monitoring va laboratoriya tashxislari, ma’lumot almashish hamda malaka oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani bilan birga ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida savdo munosabatlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadigan Memorandum imzolandi.

 “Dunyo AA"

Ulan-Bator

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net