«Milliy tiklanish» partiyasi Prezidentlik saylovlarida O?zLiDeP bilan birgalikda Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari suradi

13.05.2023 10:09

/“Dunyo” AA/.   Bugun  bo‘lib  o‘tgan  «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida  9 iyul kuniga belgilangan muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi,  deb   xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda taʼminlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” cotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi maʼlum qilingan  edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net