«Milliy tiklanish» partiyasi O?zLiDeP tomonidan ko?rsatilgan amaldagi Shavkat Mirziyoyev nomzodini maʼqulladi

01.06.2023 10:31

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 31 may kuni bo‘lib o‘tgan VIII syezdi delegatlari 9 iyul kuni muddatidan ilgari bo‘ladigan Prezident saylovlarida O‘zLiDeP bilan birgalikda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Milliy tiklanish» 13 may kuni Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) nomzodini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qilgan edi.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi o‘z oldiga qo‘ygan siyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida uzoq vaqtdan beri O‘zLiDeP bilan hamkorlik qilib kelmoqda va uzoq yillar parlamentdagi «Demokratik kuchlar bloki» safida hamjihatlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Partiya syezdida saylovoldi tashviqoti jarayonida nomzodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham qator vazifalar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi  Robaxon Maxmudova, Ekologik partiya Abdushukur Xamzayevni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.

«Milliy tiklanish» DP veb-saytidan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net