Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir A.Utepbergenov, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev va boshqalar, Alisher Navoiy ijodining yoshlarga ilhom manbai bo‘lishini, uning asarlaridagi ma’naviyat, insonparvarlik va adolat tamoyillarining bugungi kunda ham o‘ta dolzarb ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Navoiy ijodi, nafaqat adabiyot, balki yoshlar tarbiyasida, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda ham katta ahamiyatga ega. U insoniyat tarixida o‘zining betakror shoirligi va davlat arbobligi bilan nafaqat Sharq, balki butun dunyo adabiyotiga katta hissa qo‘shgan. Shuning uchun ham o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyotini eng yuqori cho‘qqilarga olib chiqdi.
Tadbirda, filial talabalari tomonidan Alisher Navoiyga bag‘ishlangan she’rlar o‘qilib, uni o‘rganish va targ‘ib qilish borasida fikr almashildi. Shoir asarlaridan parchalar, uning insoniyatga bo‘lgan munosabati va har bir insonni ma’naviy yuksalishga chaqirgan g‘oyalari haqida qiziqarli chiqishlar bo‘ldi. Tadbirning badiiy qismida Navoiy asarlari asosida sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.