Mamlakatimizda joriy yil yanvar-mart oylari davomida sug?urta xizmatlarining hajmida o?sish qayd etildi

29.05.2023 17:12

“Dunyo” AA/. 2023 yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlari hajmi 1 496,6 milliard so‘mni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilishicha, bu 2022 yilning shu davridagiga nisbatan o‘sish surʼati 128,2 foizni tashkil qiladi.

Bbu yo‘nalishda, yaʼni sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va nafaqa taʼminoti bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining yuqori o‘sish surʼati Sirdaryo (194,0 %), Surxondaryo (180,1 %), Jizzax (173,4 %) va Xorazm (168,6 %) viloyatlarida qayd etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net