Malayziyaning yirik savdo tarmog'i O'zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqish bildirmoqda

03.02.2024 03:31

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Malayziyaning «KK Group of Companies» kompaniyasi asoschisi va ijrochi direktori Kin Chay bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Malayziya kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya vakiliga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, biznesni rivojlantirish uchun taqdim etilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Kin Chay o'z navbatida, O'zbekistondagi ijobiy iqtisodiy o'zgarishlarni yuqori baholadi. Jumladan, u xorijiy investorlarga berilayotgan turli soliq va bojxona imtiyozlari respublikani ular uchun jozibador hududga aylantirayotganini alohida ta'kidladi.

«Biz mamlakatingiz ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz, — dedi u. — Malayziyada taniqli bo'lgan va «KK Super Mart» brendi ostida ish yuritayotgan supermarketlar tarmog'i O'zbekistonda ham mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi mumkin».

Uchrashuv yakunida O'zbekistonda mazkur kompaniyaga tegishli «KK Super Mart» savdo do'konlari tarmog'ini ochish va «KK Group of Companies»ga tegishli hududda O'zbekiston mahsulotlari savdo uyini tashkil etish to'g'risida kelishuvga erishildi.

«KK Group of Companies» ko'p tarmoqli kompaniyalar guruhi hisoblandi. Kompaniya oziq-ovqat chakana savdosi, elektron tijorat, mehmonxona faoliyati bilan shug'ullanadi, shuningdek, qurilish sohasida ham faoliyat yuritadi. Uning mamlakat bo'ylab 800 dan ortiq savdo tarmoqlari bor.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net