Malayziyaning yetakchi mediakompaniyasi O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyatini targ'ib qiladi

04.04.2024 02:01

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "IBR Asia Group" media kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Beatris Nirmala bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Malayziya tomoniga respublikada olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va ilmiy- akademik salohiyati to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

"O'zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, undagi mamlakat iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish, daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish, institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, "yashil iqtisodiyot"ga o'tish kabi ustuvor vazifalar haqida taqdimot qilindi.

Muloqot chog'ida O'zbekistoning investitsiyaviy jozibadorligi, mamlakat iqtisodiyotidagi transformatsiya jarayonlari, uning investitsiyaviy va turizm salohiyatini Malayziyada keng yoritish yo'nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O'zbekistonda bo'lib o'tadigan yirik xalqaro anjumanlarda va Kuala-Lumpurdagi elchixona tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ushbu mediakompaniya vakillarining ishtiroki bo'yicha kelishib olindi.

Bundan tashqari, tomonlar "IBR Asia Group" mediakompaniyasi jurnali va axborot resurslarida O'zbekistonga oid materiallarni chop etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Malayziyaning "IBR Asia Group" mediakompaniyasi tarkibiga "International Business Review" jurnali va "Voice of Asia" telekanali kiradi. "International Business Review" jurnal 2004-yildan buyon chop etiladi. U iqtisodiyot, savdo-investitsiya va moliya sohalarida faoliyat yuritadigan mamlakatning yetakchi biznes nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnalning oylik adadi – 30 ming nusxani tashkil qiladi. "Voice of Asia" telekanali esa 2021-yilda ishga tushirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net