Malayziyaning Penang shtatida O?zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag?ishlangan taqdimot o?tkazildi

16.03.2023 12:16

/“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonovning Malayziyaning Penang shtatiga ishchi tashrifi davomida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri

Taqdimotda shtat Administratsiyasi rahbarining kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yo Son Xin, hudud ishbilarmon doiralari vakillari, Malayziya turagentliklari assotsiatsiyasi (MATTA) rahbariyati va aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan konstitutsiyaviy islohot jarayoni hamda mamlakatning iqtisodiy salohiyati, barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari, unda davlatning rolini kamaytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini diversifikatsiya qilish, sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar qayd etildi.  Xususan, «Silk Road Samarkand» xalqaro turizm markazi va Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlari alohida taʼkidlandi.

Malayziya tomoni qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni va eksport shartnomalarini ishlab chiqish, O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini, «O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasi markazi», «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» brendlarini birgalikda targ‘ib etishga tayyorligini bildirdi.

Taqdimot yakunida  Malayziya ishlab chiqaruvchilar federatsiyasining Penang filiali bilan hamkorlikda biznes-forum, yirik turoperatorlar ishtirokida B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etish va shtat delegatsiyasining Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga ishtirokini ishlab chiqish yuzasidan  ahdlashib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net