MALAYZIYALIK JURNALISTGA “OLTIN QALAM” SERTIFIKATI TOPSHIRILDI

20.05.2019 16:59

2019-yilning 20-may kuni Elchi Ravshan Usmanov Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning “BERNAMA” Milliy axborot agentligi xalqaro xabarlar bo‘limi jurnalisti Nabila Binti Salehga tantanali tarzda jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasining sertifikatini topshirdi.

“BERNAMA” MAA 1967-yilda tashkil etilgan va xorijiy axborot agentliklarining xabarlarini tarqatish borasida mutlaq huquqga ega Malayziyaning yagona yetakchi axborot agentligi hisoblanadi. Agentlik o‘zining “Bernama TV” axborot telekanali va “Radio24” radiostansiyasiga ega.

Agentlik nafaqat mamlakat ichida, balki Singapur, Indoneziya, Filippin, Bangladesh, Hindiston, Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadada keng muxbirlik tarmog‘iga ega. “BERNAMA” har kuni mamlakat bo‘ylab rasmiy va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq voqealarning yoritilishini ta’minlaydi hamda Malayziya OAV uchun asosiy axborot manbayi hisoblanadi. Malayziyaning barcha vazirlik va davlat idoralari agentlikning yangiliklar lentasi obunachisi hisoblanadi.

Nabila Binti Saleh O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi tomonidan ekspertlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlarda, “doira stollarida” faol qatnashadi. U xalqaro forum va festivallarda ishtirok etish doirasida bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘zining maqolalari orqali o‘quvchilarni mamlakatimizda iqtisodiyot, ta’lim, turizm va madaniyat sohalarida yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar hamda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hukumat siyosati bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishtiradi. Nabila Binti Saleh O‘zbekistondagi o‘zgarishlar mavzusini ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Instagram va Facebook kabi mashhur dasturlar orqali ham faol yoritib boradi.

Marosimdan so‘ng malayziyalik jurnalist minnatdorchilik izhor etdi, bugungi tadbir va jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti to‘g‘risidagi ma’lumot Malayziya elektron va bosma OAVda keng yoritilishini qayd etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net