Malayziyadan vatandoshimiz tabrigi: Yangi 2024 yil barchaga baxt, omad va tinchlik olib kelsin

01.01.2024 13:55

/"Dunyo" AA/. Malayziyada aktyor bo'lib ishlayotgan vatandoshimiz Daler Hamroqulov "Dunyo" AA uchun intervyusida kirib kelgan yangi 2024-yil munosabati bilan O'zbekiston xalqiga o'zining bayram tilaklarini yo'lladi:

-Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Men Malayziyada 10 yildan buyon yashayman. Hozirgi vaqtda aktyor sifatida mehnat faoliyatimni olib borayapman.

Ko'plab vatandoshlarimiz qatori mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi tomonidan o'tkazilgan Yangi yil kechasida ishtirok etdim.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston xalqi va Malayziyadagi vatandoshlarni kirib kelgan Yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchaga baxt, omad va tinchlik olib kelsin!

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net