Malayziyadan tabrik: Davlatimiz bayrog?i O?zbekiston amalga oshirilayotgan islohotlar va taraqqiyot surʼatlarini eslatib turadi

18.11.2022 11:03

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Malayziyaning Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti talabasi Savlatjon Melikov o‘z tabriklarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

- Men Malayziyada istiqomat qilayotganimga uch yil bo‘ldi. Vatandan olisdaligim sababli O‘zbekiston milliy bayrog‘ini ko‘rganimda menda faxr va sog‘inch tuyg‘ulari jo‘sh uradi.

Davlatimiz bayrog‘i yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz elchixonalarida va xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida hilpirab turgan davlatimizning ushbu ramzi butun dunyodagi o‘zbekistonliklarga respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda taraqqiyot surʼatlarini eslatib turadi.

Fursatdan foylanib, barcha vatandoshlarimizni 18 noyabr -  Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklayman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net