Malayziyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi, shubhasiz, ikki mamlakat xalqlari farovonligiga xizmat qiladi

26.01.2024 09:09

/"Dunyo" AA/. Malayziyaning «Kingsley Strategic Institute» instituti direktori Maks Sey "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini izohladi:

- O'zbekiston–Xitoy munosabatlarining bugungi holati an'anaviy tarzda yuksak ishonch darajasi bilan ajralib turadi. Oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqot va mamlakatlar o'rtasida har tomonlama strategik sheriklik darajasiga erishilgani bunga yorqin misoldir.

Shu nuqtai nazardan, so'nggi yillarda iqtisodiy diplomatiya sohasida kuzatilgan, aniq raqamlarda o'z aksini topgan yuksak natijalarni qayd etishni istardim. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi hajmi besh baravar oshdi. 2023 yil yakunida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshib, 14 milliard dollarga yetdi. Tomonlar yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

O'zbekiston Prezidentining Xitoyga buyurgan davlat tashrifi yakunlari bo'yicha savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, ilmiy-texnikaviy va mintaqalararo hamkorlik sohalarida mustahkam hujjatlar to'plami imzolangani quvonarlidir.

Xususan, investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha moliyaviy vositalarni kengaytirish, Toshkent shahrida Xitoy Eksimbankining Markaziy Osiyo bo'yicha hududiy vakolatxonasini ochish va «Havo ipak yo'li» loyihasini birgalikda barpo etishga oid kelishuvlar alohida e'tiborga loyiqdir.

Bundan tashqari, Xitoy–Qirg'iziston–O'zbekiston temir yo'lini qurish bo'yicha amaliy ishlarni imkon qadar tezroq boshlash borasida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi muhim. Chunki bu loyiha bilan transport aloqasi uchun mintaqaviy va transkontinental ahamiyatga ega bo'ladi. Shubhasiz, tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo'lida iqtisodiy o'sishni yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net