Malayziyada O?zbekiston madaniy merosi hamda ziyorat sayyohligi salohiyatini targ?ib etish bo?yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

04.10.2022 17:53

“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM), O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari ishtirokida onlayn  uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida respublikaning boy maʼnaviy-madaniy merosini o‘rganish, «O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti» g‘oyasini yana-da ommalashtirish, mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va Samarqandning «Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» maqomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli loyihalarni targ‘ib qilish,  ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi  hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ilmiy va akademik sohada ikki mamlakat aloqalarini jadallashtirish uchun IKIM tadqiqotchilari O‘zbekistonning Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha taklif bildirildi.

Muzokaralar natijasida joriy yil 9 noyabr kuni o‘zbekistonlik olim va tadqiqotchilar ishtirokida «Islom va zamonaviylik» mavzusida qo‘shma vebinar o‘tkazish va  IKIM radiokanalida maxsus intervyularni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

IKIM islom sivilizatsiyasining boy intellektual merosi bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida 1992 yilda tashkil etilgan. 2020 yil iyun oyida IKIM, Xalqaro Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi o‘rtasida Hamkorlik memorandumlari imzolangan edi.

Institut huzurida «Radio IKIM» radiostansiyasi faoliyat yuritadi. Ushbu radiostansiyaning Malayziyada 40 milliondan oshiq tinglovchisi bor. «Radio IKIM» 2001 yilda mamlakatning sobiq Bosh vaziri Mahatxir Muhammad tomonidan ishga tushirilgan. Radiokanal butun Malayziya bo‘ylab hamda qo‘shni davlatlar – Bruney, Singapur, Indoneziya va Tailandda efirga uzatiladi. Radio efiridan islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom sivilizatsiyasining boy maʼnaviy, ilmiy va madaniy merosi haqida malay, ingliz va arab tillarida maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy eshittirishlar o‘rin olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net