Malayziyada bo?lib o?tayotgan Osiyo ziyorat turizmi ko?rgazmasida O?zbekiston milliy stend bilan ishtirok etmoqda

14.09.2023 11:56

/“Dunyo” AA/. Kuala-Lumpur shahridagi «Sunway Pyramid» anjumanlar markazida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo ziyorat turizmi ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil qilindi, deb  xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazma Malayziyaning bir qator turizm assotsiatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo mintaqasining 50 ga yaqin mamlakatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga respublikada turli jabhalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ziyorat turizmini jadal rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy sayyohlik markazlari, boy madaniyati, betakror arxitekturasi va sanʼati, milliy anʼanalarini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish qilindi.

Malakatimiz  lchixonasi  tomonidan  tashkil etilgan milliy stendda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy turizmi, gastronomik turizm, “Umra+”, qishki turizm kabi sayyohlik dasturlari keng targ‘ib qilindi.

Ushbu  ko‘rgazmada respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari ham  faol  ishtirok etishdi. Ular  ishtirokida milliy o‘zbek  hunarmandchilik va amaliy sanʼati mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi.

Ko‘rgazma 15  sentyabrgacha davom etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net