Malayziya parlamentidagi uchrashuv to?g?risida

28.03.2022 12:24

Malayziyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov 2022-yilning 28-mart kuni Malayziya parlamenti Vakillar palatasi Spikeri Azhar Xarun bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Malayziya ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, jumladan, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatlari palatalari o'rtasida tajriba almashish va o'zaro tashriflar tashkil etish orqali aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Tomonlarning islom dinining boy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasida O‘zbekiston va Malayziya ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi ta’kidlandi.

Turizm sohasida, xususan, “ziyorat-turizm” yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net