Malayziya OAV O'zbekiston bilan statistika sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik haqida yozmoqda

06.03.2024 02:40

/"Dunyo" AA/. Malayziyaning "Bernama" milliy axborot agentligi "Malayziya va O'zbekiston statistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha besh yillik bitim tuzdi" sarlavhali maqolani malay va ingliz tillarida tarqatdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston va Malayziya o'rtasida o'zaro manfaatli statistika va statistika amaliyoti sohasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha besh yillik shartnoma imzolangani ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Malayziya Statistika departamenti o'rtasida tuzilgan o'zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar statistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish va tegishli milliy statistika organlari salohiyatini oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

"Ikki idoraning sadoqati tufayli ushbu sheriklik o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki bo'lib xizmat qilishi va ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o'rin tutishiga ishonamiz. Biz samarali natijalarni kutamiz. Bilim va tajribamizni birlashtirib, mamlakatlarimiz va butun dunyoda statistik imkoniyatlarni rivojlantirishga hissa qo'shishga intilamiz", — deya Malayziya statistika departamenti rahbari Mohd Uzir Maxidin so'zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

Maqolada xabar qilinishicha, O'zbekiston Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov ikki tomonlama hamkorlik statistika tizimlarini takomillashtirishga xizmat qilishini ta'kidlagan.

"Memorandumni imzolash marosimi 2024-yil 26-fevral kuni BMT Statistik komissiyasining 55-sessiyasi doirasida Malayziyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Doimiy vakolatxonasida bo'lib o'tdi", — deb yozgan "Bernama".

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net