KUBA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

25.01.2019 15:01

2019-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuba Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Baku shahrida) Alfredo Nieves Portuondo bilan uchrashdi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Elchini qutlar ekan, vazir uni O‘zbekistonda yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

 Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

 2018-yil sentabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar O‘zbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga e’tibor qaratish imkonini berdi.

 Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga O‘zbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.

 Uchrashuvda xalqaro siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net