Kuala-Lumpur shahrida O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi

28.03.2024 02:04

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibining ko'p tomonlama hamkorlik bo'yicha o'rinbosari Bala Chandran Tarman bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Kuala-Lumpurning 2025 -yilda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasida (ASЕAN) raisligi doirasidagi oliy darajadagi muloqot istiqbollari bo'yicha fikr almashildi.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi ko'p tomonlama platformalardagi tashabbus va nomzodlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot chog'ida, shuningdek, Malayziya texnik hamkorlik dasturi doirasida O'zbekiston vazirlik va idoralari vakillarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Kuala-Lumpur shahrida rejalashtirilgan iqtisodiy diplomatiya, davlat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurash, islom moliyasi va bank ishi, halol sanoati, hududiy iqtisodiy rivojlanish, AKT, ta’lim, kiberxavfsizlik, turizmni boshqarish kabi o'quv kurslarida O'zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash to'g'risida kelib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net