KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHUV

12.08.2019 11:32

TOSHKENT, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Janubiy Koreya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 6-9-avgustdagi Koreya Respublikasiga tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

TIVdagi uchrashuvda siyosat, parlamentlararo hamkorlik, farmatsevtika, tibbiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net