“KOREAN AIR” SAMARQANDGA AVIAQATNOV TASHKIL ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

15.01.2020 10:18

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori D.Narziqulov va “Korean Air” aviakompaniyasi hududiy menejer Park Jae-Yun o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib.

 

 

 

Tadbirda Samarqandning sayyohlik salohiyati hamda mazkur sohada infratuzilmalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

 

Janubiy Koreya aviakompaniyasi vakili o‘z mamlakatidan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirish rejasi borligini ma'lum qildi. Mazkur aviakompaniya hozirda O‘zbekistonga haftasiga uch marta aviaqatnovni bajarmoqda.

 

Ma'lumot uchun ta'kidlash lozimki, "Korean Air" aviakompaniyasi xalqaro yo‘nalishlarda dunyoning 45 ta mamlakatiga, jumladan 128 shaharga muntazam reyslarini amalga oshirib kelmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net