"Konya-2021": bugun qaysi sport turlarida medallar uchun kurashamiz?

17.08.2022 14:07

Islom birdamligi o‘yinlari yakunlanishga ham bir kun qoldi. Bugun, 17 avgust kuni yurtimiz sportchilari 7 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Basketbol 3x3 bahslarida O‘zbekiston-Ozarbayjon jamoalari yarim final bahsini o‘tkazadi.  Sport gimnastikasida Oksana Chusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova (ko‘pkurash) medallar uchun maydonga chiqadi.

Karatechilarimiz Shahrizoda Ismatullayeva (50), Sevinch Rahimova (55), Vorisxon Zayniddinov ( 60), Sadriddin Saymatov (67), Dostonbek Otabolayev (75) Islom birdamligi o‘yinlari tatamisidagi bahslarga kirishadi.

Kamondan otishda yakkalik, jamoaviy va mikst dasturlarda Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuydan iborat sportchilarimiz qatnashadi.

Qilichbozlikning turli yo‘nalishlarida kechadigan bellashuvlarda Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov (jamoaviy shpaga, erkaklar), Umida Ilyasova, Kamila Mirzayeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (jamoaviy rapira), Shahzoda Egamberdiyeva, Sevara Rahimova, Dilnaz Murtazayeva, Marjona Zubaydulloyeva (jamoaviy shpaga, ayollar), Islombek Abdazov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirov, Sherzod Mamutov (jamoaviy sablya) ishtirok etadi.

O‘yinlar dasturidan o‘rin olgan suzish musobaqalarida Sitora Odilova (200 m brass), erkaklar va ayollar 4x100 kompleks estafeta, Oybek Xo‘jayev va Eldorbek Usmonov (50 m batterflyay), Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (100 m erkin) medallar uchun kurash olib boradi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan kikboksing janglarida 20 nafar sportchimiz o‘z vazn va toifalarida ringga ko‘tariladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net