O?ZBEKISTON VA QIRG?IZISTON DELEGATSIYALARINING UCHRASHUVI

21.04.2019 15:56

2019-yilning 20-aprel kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2004-yil 24-iyuldagi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga kiruvchi O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘tish punktlari hamda ushbu bitimga kirmaydigan kesib o‘tish joylari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Bayonnoma imzolandi. Mazkur hujjatda 2019-yil uchun mo‘ljallangan Reja-grafikka muvofiq yaqin orada Qirg‘iziston hududida davlatlararo chegara delimitatsiya va demarkatsiyasi bo‘yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish hamda Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi amaldagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihasini kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning o‘zaro chegaradosh hududlari O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Qirg‘izistonning Batken, Jalolobod, O‘sh viloyatlari rahbarlari ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net