LUKSEMBURG TASHQI VA YEVROPA ISHLARI VAZIRINING O?ZBEKISTONGA BO?LAJAK TASHRIFI TO?G?RISIDA

04.03.2019 14:38

2019-yilning 6-mart kuni Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 Tashrif doirasida Havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu xususan Luksemburgning “Cargolux” aviakompaniyasi tomonidan 2020-yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun “Navoiy” transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liqdir.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net