DEHLIDA PARLAMENT SAYLOVLARI YAKUNIGA BAG?ISHLANGAN BRIFING O?TKAZILDI

02.01.2020 12:03

DEHLI, 2-yanvar. /“Dunyo” AA/Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida joriy yil 22-dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga o‘tkziladigan saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi, - deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Tadbirda Hindistondagi yetakchi OAV vakillari, parlament saylovlarida qatnashgan hindistonlik xalqaro kuzatuvchilar va bir qator tahlilchilar ishtirok etdi.

 

Anjumanda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tgazilgan parlament saylovlari va ularning yakunlari haqida ishtirokchilarga axborot berildi. Xususan, O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi bugungi o‘zgarishlar, saylovoldi va saylov jarayonining avvalgi saylovlardan farqi hamda yaratilgan keng imkoniyatlar atroflicha yoritildi.

 

Tadbir ishtirokchilari nufuzli xalqaro tashkilotlar, xususan YeHHT, ShHT hamda xorijlik kuzatuvchilarning saylovlarga nisbatan bildirgan baholari va fikrlari bilan tanishdilar.

 

Xalqaro yuristlar kengashi prezidenti, Hindiston yuristlar assotsiatsiyasi raisi Adish Agarvala:

 

“O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Shaxsiy kuzatuvlarimga asoslanib, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari shaffof, adolatli va ochiq ruhda o’tganini, saylov jarayonining barcha ishtirokchilariga keng imkoniyatlar yaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman.

 

Xususan, saylov uchastkasiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar, xorijda bo‘lgan, imkoniyati chegaralangan saylovchilarning ovoz berishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgani diqqatga sazovor.

 

Bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari O‘zbekistonda olib borilayotgan jadal islohotlar, demokratik jarayonlarni o‘zida yaqqol ifodalaydi.

 

Fursatdan foydalanib, do‘st O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan tabriklab, barchaga tinchlik-xotirjamlik tilab qolaman”.

 

Global tadqiqotlar instituti rahbari Ashok Sajjanxar:

 

“Xalqaro kuzatuvchi sifatida bir necha saylov uchastkalariga tashrif buyurib, jarayonni yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. Saylov uchastkalarida partiyalar vakillari, xalqaro tashkilotlar missiyalari, jurnalistlar va saylovchilar bilan muloqot qildim.

 

Saylov uchastkalarida ovoz berish yuqori darajada tartib bilan tashkil etildi. Saylovchilar uchun barcha sharoitlar muxayyo etildi. Saylovda ishtirok etayotgan fuqarolardagi ko‘tarinkilik, bayramona kayfiyat ularning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ertangi kuniga nisbatan samimiy ishonchni ifodalaydi.

 

Parlament saylovlari adolatli, halol, shaffof va umume’tirof etilgan standartlar asosida bo‘lib o‘tdi”.

 

Hindiston xalqaro masalalar kengashi tadqiqotchisi Rashmini Koparkar:

 

“O‘z mutaxassisligim bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasi va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarni alohida qiziqish bilan kuzatib boraman.

 

“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilgan parlament saylovlarida hindistonlik kuzatuvchilar orasida Hindiston xalqaro masalalar kengashi vakili ham ishtirok etdi.

 

O‘z navbatida, saylovlarda 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchining ishtirok etgani, xususan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, YeXHTning Parlament Assambleyasi missiyalari, ShHT, MDH tashkilotlarining ishtiroki diqqatga sazovordir.

Saylovlarga nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ijobiy baho berilgani esa O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning e’tirofi deb hisoblayman”.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net