“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 10-11 noyabr kunlari bu yerda yana bir nufuzli xalqaro anjuman - Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Tadbir oldidan, anʼanadagidek, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon tilovat etilib, duo o‘qildi.
Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.