/“Dunyo” AA/. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashining kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga maʼqulladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hozirgi vaqtga qadar Prezidentlikka nomzodlarning nomlari «Milliy tiklanish»dan tashqari barcha partiyalar tomonidan maʼlum qilindi.
Jumladan, Ekologik partiya o‘z yetakchisi Abdushukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasi Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Robaxon Maxmudova nomzodini ilgari surdi.