“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Falastin elchisi Javad Muhammad Avad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama kun tartibini, xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va IHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qildilar, shuningdek, qo‘shma tadbirlar jadvalini ham kelishib oldi.