O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI DUSHANBE SHAHRIDA XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI

17.05.2019 09:38

2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.

Konferensiya tashkilotchilari – Tojikiston Hukumati, BMT va Yevropa Ittifoqi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida terroristik faoliyatni moliyalashtirish maqsadida narkotiklarning noqonuniy aylanishi va terrorizm, jumladan pullarni yuvish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib borayotganiga alohida urg‘u berilgan Giyohvand moddalarni nazorat qilish borasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 11-uchrashuvi yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“O‘zbekiston terrorizm va ekstrimizmga qarshi turish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va protokollarni ratifikatsiya qilgan va ularning mas’uliyatli qatnashchisi bo‘lib qolmoqda, – dedi Abdulaziz Kamilov. – Respublika terrorizmga qarshi kurashish, xususan uni moliyaviy ta’minlash manbalarini yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rmoqda. Biz BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Kontrterroristik boshqarmasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitalari bilan terroristlarning harakatlanish kanallarini to‘sish va aktivlarini muzlatish borasidagi amaliy choralarni ro‘yobga chiqarish doirasida yaqin hamkorlik qilmoqdamiz”.

Shu bilan birga tobora chigallashib borayotgan terrorizm muammosi bizdan, mintaqa mamlakatlari va xalqaro sheriklarimizdan terroristik faoliyatni moliyalashtirish va uni qo‘llab-quvvatlashning boshqa yo‘llariga qarshi birgalikda kurashishning ta’sirchan choralarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qilmoqda, - deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari.

Yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida Markaziy Osiyo davlatlari, mintaqaga chegaradosh mamlakatlar, Osiyo va Yevropa davlarlari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar vakillari ishtirok etib, uning yakunlariga ko‘ra Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net