O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI VENA SHAHRIDA BMT NARKOTIK MODDALAR BO?YICHA KOMISSIYASI SESSIYASIDA ISHTIROK ETADI

14.03.2019 15:19

2019-yilning 14-22-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari bo‘yicha komissiyasining Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan 62-yillik sessiyasida ishtirok etadi.

Mamlakatimizning Avstriyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, NJB ijrochi direktori Yuriy Fedotov, ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va BMT NJB bo‘linmalari boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

18-mart kuni sessiya doirasida narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi va ushbu sohadagi mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net