CHEGARA BORASIDAGI O?ZBEKISTON-TURKMANISTON MUZOKARALARI TO?G?RISIDA

20.12.2018 12:43

2018-yilning 13-19-dekabr kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasi uchastkasida amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, 2018-yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2019-yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

 O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiyasi qilishning normativ hujjatlari loyihalari ustidagi ishlar yakunlandi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net