Mamlakatimizning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 19-may kuni taxminan soat 18.00da Mang‘istau viloyati “Beyneu-Tajen” avtomagistralining 82-kilometrida ichida 7 ta odam, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashgan “Lada Largus” yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi Ashirov Bobomurad Bazarbayevich, 15.08.1991-y.da tug‘ilgan, mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda, qolgan jarohatlanganlarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga (Ashirov Durdimurad Bazarbayevich, 17.01.1990-y.da tug‘ilgan, Shavxumov Karimbay Yuldashevich, 02.02.1980-y.da tug‘ilgan, Gosharov Xayitmurad Atajanovich, 30.06.1984-y.da tug‘ilgan) kasalxonadan ruxsat berildi.
Beyneu tumani politsiya bo‘limi tomonidan mazkur masala o‘rganilmoqda.
Jarohatlangan hamyurtlarimizga amaliy ko‘mak berish, jumladan B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Elchixona Mang‘istau viloyati va Beyneu tumani ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatdi. Ayni paytda fuqarolarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.