POKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

16.02.2019 15:36

2019-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Myunxen shahrida (Germaniya) xavfsizlik bo‘yicha konferensiya ishida qatnashayotgan Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi hamda O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi ikki yilda kuzatilayotgan faollashish davlatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun, jumladan Afg‘onistondagi holatni tinch yo‘l bilan bartaraf etishga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha obyektiv shart-sharoitlarni yaratishi ta’kidlandi.

 Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net