2019-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V Xalqaro forumida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi.
2019-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi. U Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining (MGIMO) V Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
2019-yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Finlandiya siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 18-may kuni Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiyaning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdilar.
2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy bilan uchrashdi.
2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish doirasida Birlashgan Millarlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi.
2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashish uchun Tojikistonga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining umumyevropa xavfsizlik va mudofaa siyosati hamda inqirozli holatlarga javob qaytarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Pedro Serrano bilan uchrashdi.
Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra ba’zi MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh Fuyuan shahriga kirish uchun taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ayrim OAVlarning xabarlari rasman tasdiqlanmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.