Joriy yilning yanvar–fevral oylarida O?zbekistonga 871 ming nafar sayyoh keldi

28.03.2023 16:42

/“Dunyo” AA/. 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarosi sayyoh sifatida O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga ko‘paygani ayon bo‘ladi.

Mamlakatimizga o‘tgan yilning yanvar-fevral oylarida eng ko‘p qaysi davlatlardan qancha sayyoh kelgani quyidagi satrlarda o‘z ifodasini topgan:

 

— Tojikistondan – 289,2 ming nafar

— Qozog‘istondan – 241,4 ming nafar

— Qirg‘izistondan – 211,2 ming nafar

— Rossiyadan – 81,0 ming nafar

— Turkiyadan – 13,4 ming nafar

— Turkmanistondan – 4,8 ming nafar

— Koreyadan – 4,4 ming nafar

— Hindistondan – 2,4 ming nafar

— Ukrainadan – 1,7 ming nafar

— Ozarbayjondan– 1,7 ming nafar

— Belarusdan – 1,6 ming nafar

— Xitoydan – 1,6 ming nafar

— AQSHdan – 1,4 ming nafar

— Germaniyadan – 1,3 ming nafar

— Buyuk Britaniyadan – 0,9 ming nafar

— Fransiyadan – 0,8 ming nafar

— Italiyadan – 0,7 ming nafar

— Yaponiyadan – 0,7 ming nafar

— Isroildan – 0,6 ming nafar

— Gruziyadan – 0,6 ming nafar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net