Joriy yilning yanvar – noyabr oylari mobaynida O?zbekistonga xorijdan qiymati 61 million dollardan ortiq hajmida elektromobil import qilindi

25.12.2022 11:21

“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar – noyabr oylari mobaynida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 61,3 million dollar hajmidagi 1912 dona elektromobil import qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1223 donaga oshgan.

Aksariyat elektromobillar mamlakatimizga Xitoydan olib kelingan (1675). Shuningdek Birlashgan Arab Amirliklaridan 111, Germaniyadan 56, Gonkongdan 42, Litvadan 10, Janubiy Koreyadan 7 dona va boshqa mamlakatlardan 11 ta elektromobil olib kelingan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net