Jizzaxda O?zbekistonning JSTga aʼzo bo?lishi doirasida xizmatlar bozoriga kirish mavzusida seminar tashkil etildi

13.10.2022 16:16

“Dunyo” AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda mamlakatmizning barcha hududlarida «O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo bo‘lishi doirasida xizmatlar bozoriga kirish» mavzusida tizimli ravishda seminarlar tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

ITSV maʼlumotiga ko‘ra, ushbu mavzudagi navbatdagi  seminar Jizzaxda tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonning JSTga kirishi bilan ochiladigan istiqbol va imkoniyatlar hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar, bu jarayonda xususiy sektorning o‘rni, «O‘zbekistonda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish» dasturi doirasida mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari tomonidan texnik ko‘mak olish tartibi to‘g‘risida batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari JSTning tovarlar va xizmatlar savdosini tartibga soluvchi Bitimlari, savdo shartnomalarini tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish jihatlari, shuningdek JST doirasida savdoni amalga oshirish borasidagi xususiy sektor va Hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlari bilan tanishdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net