Said Ahmad G‘azoliy 1937 yil 31 martda Magniya shahrida tug‘ilgan. Parijdagi Milliy ko‘priklar va yo‘llar maktabini tamomlagan. 1962-1964 yillari mamlakat Iqtisodiyot vazirligi energetika bo‘yicha maslahatchisi, 1966 yildan yirik neft kompaniyasi – “Sonatrach” bosh direktori lavozimida ishlagan. 1977-1979 yillari energetika va neft-kimyo sanoati, 1979-1984 yillarda esa suv xo‘jaligi vaziri edi. 1984-1988 yillar Yevropaning turli mamlakatlarida elchi, keyin moliya va tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
1991 yil 5 iyunda Said Ahmad G‘azoliy Jazoir Bosh vaziri etib tayinlandi. Bu lavozimga u mamlakatda parlament saylovini bekor qilish, radikal Islomni qutqarish fronti bilan g‘alaba qozonish kabi jiddiy maqsadlarni ko‘zlab kirishgan edi. Afsuski, bu qadam mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga olib keldi. 1992 yil yanvar oyida Prezident Shadli Benjedid armiya bosimi ostida iste’foga chiqdi. Iyulda G‘azoliy ham lavozimidan chetlatildi.
1999 va 2004 yillarda Said Ahmad G‘azoliy prezidentlikka da’vogarlik qilgan, biroq har ikki gal mag‘lubiyatga uchragan.
Sobiq siyosatchining vafoti munosabati bilan ko‘plab davlatlar yetakchilari Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbunga hamdardlik bildirmoqda.