Janubiy Koreya parlamenti spikeri O?zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini olqishladi

24.10.2022 15:04

“Dunyo” AA/. «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi»  15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida Seulga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Kim Chjin Pxyo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya parlamenti rahbari Markaziy Osiyo mintaqasi Seulning tashqi siyosat strategiyasida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi sifatidagi ahamiyatini taʼkidladi.

O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiyot, moliya, energetika, sanoat kooperatsiyasi, axborot texnologiyalari, elektron hukumat, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, sog‘liqni saqlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan alohida strategik sheriklik darajasiga yuqori baho berildi.

Janubiy Koreya tomoniga O‘zbekiston parlamentida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi loyihalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida tashkil etilgan maxsus komissiya haqida maʼlumot berildi.

Koreya Respublikasi parlamenti spikeri demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ahamiyatini yuqori baholadi.

O‘zbekistonning «mamlakatni demokratlashtirish va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish strategiyasi asoslarini huquqiy jihatdan takomillashtirish jarayonida dolzarb ehtiyoj» bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish jarayonini olqishladi.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni xalq diplomatiyasi va madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘li bilan rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Parlament spikeri 85 yil davomida respublikamizda istiqomat qilib kelayotgan, ko‘p millatli birodar o‘zbek oilasining to‘laqonli aʼzosiga aylangan koreys diasporasini qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net