ITSVda xorijiy investitsiyalarni o?zlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish masalalari hamda 2023 yilga mo?ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi ko?rib chiqildi

30.11.2022 21:47

TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish chora-tadbirlari, shuningdek, 2023 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  yig‘ilishda vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning borishi yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Mamlakatimiz tarmoqlari va hududlari kesimida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi. Loyiha va dasturlarni sifatli, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida loyiha tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbarlari xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida moliyaviy resurslarni o‘z vaqtida, to‘liq jalb etish va o‘zlashtirish, shuningdek, obyektlarni vaqtida ishga tushirish bo‘yicha shaxsan javobgar ekanligi taʼkidlandi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha muhokama qilingan masalalar va belgilangan vazifalar doirasida masʼul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net