ITSV: Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo?yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

13.10.2022 16:13

“Dunyo” AA/.  Kecha Toshkent viloyati hokimligi binosida (Nurafshon shahri) O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish hamda investitsiyalar va eksport yo‘nalishidagi faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  yig‘ilishda  Toshkent viloyati shahar va tumanlari hokimlari hamda ularning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Hududiy investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi va shu yil davomida foydalanishga topshiriladigan yirik sanoat loyihalarining hozirgi holati muhokama qilindi. Xususan, 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan Parkent tumanidagi «Zuma Pharma»  MCHJdagi liofil va shprislar ishlab chiqarish loyihasi, shuningdek, Angren shahridagi 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan «Angren Insulation» MCHJda issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda 300 nafar mutaxassis ishlayotgan Yangiyo‘l tumanidagi «Dynamic textile» MCHJning to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish yirik korxonasida to‘liq ishlab chiqarish quvvatlarga chiqish tendensiyasi kuzatildi. Tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari joriy yil yakuniga qadar 500 ta loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda 17,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil hisobotlarni taqdim etdilar.

Eksport hajmini o‘tgan yil natijalariga nisbatan 32 foizga oshirib 1 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, 416 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishini taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar alohida tartibda muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida masʼul rahbarlarga vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net