ISROIL ELCHISI BILAN UCHRASHUV

19.01.2019 17:47

2019-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapira bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, 2018-yilda O‘zbekiston-Isroil munosabatlari jo‘shqin ko‘rinishi qayd etildi.

 Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion, ilm-ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi hamkorlikni 2019-yilda yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi ta’kidlandi.

 Shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi, Savdo-iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi, biznes forumi va boshqa qator tadbirlarni o‘tkazish muddatlari ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net