INDONEZIYALIK JURNALIST: DO’MBIRA MAFTUNKOR MUSIQA ASBOBI EKAN

07.04.2019 11:02

Termiz shahrida bo’lib o’tayotgan Xalqaro baxshichilik festivalini dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari keng yoritmoqda.

Jurnalistlar xalqimiz ming yillardan buyon qalb qo’rida avaylab-asrab, avlodlarga yetkazib kelayotgan noyob durdonalarimiz haqidagi hayratlarini ifoda etmoqda.

Warta Jazz internet nashri vakili Аgus Setavan Basuni (Indoneziya):

– Baxshichilik san'ati haqida shu paytgacha ma'lumotga, tasavvurga ega emas edim. Bundan uch oy muqaddam bir do’stim yurtingizdagi mana shu festival to’g’risida gapirib qoldi. Shundan so’ng qiziqib, internetdan bu haqda yetarli ma'lumot oldim. Festivalda ishtirok etish uchun ruyxatdan o’tdim.

O’zbekistonda ilk marta bo’lishim. Yurtingiz, ayniqsa, bag’rikeng xalqingiz, ularning mehmondo’stligi, qadimiy an'analari va san'ati menda katta taassurot qoldirdi. Men Jakarta shahrida ishlayman. Endi o’z faoliyatimni bevosita O’zbekiston bilan bog’lamoqchiman. Yurtingizning o’ziga xos maftunkor qirralarini imkon darajasida targ’ib qilmoqchiman. Bizda ham do’mbiraga o’xshash musiqa asboblari bor. Undan faqat raqsda foydalaniladi. Sizlarda esa do’mbira jo’rligida aytilayotgan qo’shiqlar juda qiziq va tinglovchini beixtiyor o’ziga maftun etib olar ekan. Mazkur festivalda ishtirok etayotganimdan xursandman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net