–Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, ya’ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko‘p-ko‘p muloqotlar qildim.Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik. Hududda tadbirkorlik sub’ektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Birgina joriy yil fevraldagi tashrif doirasida hududni har tomonlama rivojlantirish uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratdik, – dedi Prezident.
Qoraqalpog‘istonda ichimlik suv ta’minotii 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshishiga erishilgani ta’kidlandi.
O‘zA