MEDIA KUNLAR DOIRASIDAGI TADBIR

03.05.2019 17:02

Yurtimizda may oyining ilk kunlarida media-soha vakillari, jurnalist va ijodkorlar ishtirokida turli forumlar, media tadbirlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda ham 3-may - Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 2-3-mayda media-kunlar tashkil etilmoqda.

2-may kuni O‘zEOAVMA a’zolarining 2018-yil yakunlari va 2019-yildagi istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zEOAVMA, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyaning bosh maqsadi O‘zbekistonda yangilanishva demokratiya jarayonlarida so‘z erkinligini ta’minlash, nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarining fuqarolik pozitsiyasini faollashtirish, ularni olib borilayotgan islohotlar hamda jamiyatdagi yangilanishjarayonlariga jalb etish va daxldorlik hissini oshirish, davlat va jamoat tashkilotlari bilanhamkorlikda loyihalar ishlab chiqish orqali nodavlat teleradiostansiyalar vakillarini jamiyat manfaatlari yo‘lida birlashtirishdan iborat.

O‘zEOAVMAa’zolarining umumiy konferensiyasi kun tartibiga Nodavlat elektron OAVning 2018-yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, milliy assotsiatsiya a’zolarining 2019-yilga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi taqdimoti, hududiy nodavlat telestansiyalar efir dasturlarini sifatli media-kontent bilan boyitish, milliy manfaatlarimizga mos axborotlar tarqatish orqali ko‘maklashishloyihasi taqdimoti va muhokamasi, nodavlat teleradiouzatuvchilarning rivojlanish dasturi loyihasi muhokamasi va boshqa dolzarb masalalar kiritildi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net