BAA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

02.03.2019 14:33

2019-yilning 1-mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Vazir Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayonni IHT TIVKdagi raisligi boshlangani bilan tabriklab, unga tashkilotga a’zo davlatlarning xalqlari farovonligi yo‘lidagi faoliyatida omad tiladi.

 Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hamda BMT, IHT va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

 Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik hajmlarini oshirishga o‘zaro qiziqish borligini va buning uchun sezilarli salohiyat mavjudligini tasdiqladilar. Xususan, 2018-yilda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 23%ga o‘sdi va ushbu dinakamika joriy yilda ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

 Turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning muddati va kun tartibi borasidagi tomonlarning takliflari muhokamasi muzokaralarda alohida o‘rin oldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net