2024-yil 13-14-iyun kunlari mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan anʼanaviy xalqaro anjuman – Inson huquqlari boʻyicha IV Samarqand forumining navbatdagi mavzusi shunday nomlangan. Forum doirasida oflayn va onlayn tarzda uchta yalpi majlis oʻtkazilishi moʻljallanmoqda.
Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.
Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston taklifi bilan ishlab chiqilgan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar savdosi va giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi