O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 5-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan
Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi (Stokgolm, 2001-yil 22-may) quyidagi bayonot bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Konvensiyaning 25-moddasi 4-bandiga muvofiq A, B yoki C ilovalarga har qanday tuzatishlar O‘zbekiston Respublikasi uchun faqat bunday tuzatishlarni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, ma’qullash yoki ularga qo‘shilish haqida uning hujjatlari saqlashga topshirilgandan keyin kuchga kiradi».
O‘zbekiston Respublikasining Prezident Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019-yil 8-may
№ O‘RQ-535