IRCICA BOSH DIREKTORI: “O?ZBEKISTON DUNYO ISLOM TAMADDUNI MARKAZLARIDAN BIRI”

26.06.2019 14:28

Dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan mojarolar, to‘qnashuvlar, afsuski, ko‘p hollarda diniy aqidalar niqobi ostida ilgari surilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga borib taqalmoqda. Bunday vaziyatdamuqaddas islom dinining insoniylik, bag‘rikenglik, tinchlikparvarlik qadriyatlarini jahon afkor ommasiga keng tanitilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

 

Bu borada O‘zbekiston rahbariyati yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil oktabr oyida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida o‘tkazilgan uchrashuvida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazini tuzish va islomning asl qadriyatlarini dunyo ahliga keng targ‘ib qilish taklifini umumjahon kun tartibiga qo‘ygan edi.

 2017 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda yangi xalqaro tashabbuslar taklif qilindi. Bular orasida, ayniqsa, BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbus alohida ahamiyat kasb etadi.

 O‘zbekiston zamini insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida davlatimiz tomonidan izchil amaliy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) muhim organi hisoblangan Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi (IRCICA) o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishuvlarga erishildi.

 Islom olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ushbu Markaz va Akademiya o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan, ikki muassasa qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq qilish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish, konferensiya va seminarlar tashkil etish kabi masalalarda o‘zaro hamjihatlik bilan ish olib bormoqda.

 

IRCICA bosh direktori, professor Xalit Eren “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikdan faxrlanishini aytdi. “O‘zbekiston – IHT munosabatlari bugungi kunda o‘zaro ishonch va hurmat asosida turli sohalarda izchil rivojlanmoqda, ikki tomon rahbarlarining uchrashuv va muloqotlari bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tomonlarning mushtarak intilishi va sa’y-harakatlari tufayli IRCICA va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yangi sheriklik bosqichiga ko‘tarildi”, deya ta’kidladi u.

 X.Eren mamlakatimizning insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan buyuk hissasini e’tirof etar ekan, O‘zbekiston dunyo islom tamadduni markazlaridan biridir”, deb ta’kidladi. U yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish, jadal taraqqiyot jarayonini yuqori baholab, O‘zbekiston bilan munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilganidan har ikki taraf ham g‘oyat mamnun ekanini qayd etdi.

 

 

 

 

“Dunyo” AA,

 

Istanbul

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net