“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlarining tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kobul g‘arbidagi taʼlim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik, - deb taʼkidlangan TIV bayonotida. - Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.
Halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”.