O?ZBEKISTON-SLOVENIYA – CHORAK ASRLIK HAMKORLIK

16.01.2020 09:42

TOShKENT, 16 yanvar. /"Dunyo" AA/. 16 yanvar - O‘zbekiston-Sloveniya munosabatlari tarixidagi muhim sana. 1995 yil shu kuni O‘zbekiston Respublikasi va Sloveniya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan edi.

 

Chorak asrga teng hamkorlik davomida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar izchil rivoj topdi.

 

2005 yil 15-17 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sloveniyaga tashrif buyurdi. 2003 yil oktyabr va 2005 yil fevral oylarida Sloveniya tashqi ishlar vaziri mamlakatimizda bo‘ldi.

 

Bugungi kunda ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarni samarali rivojlantirmoqda, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshirilmoqda - 2019 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 38 million dollarni tashkil etgan.

 

O‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini beshta hujjat tashkil etadi. Ulardan uchtasi hukumatlararo va ikkitasi idoralararo mazmunga egadir.

 

Istiqbolda iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikka oid hujjatlarni imzolash kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net